Bugun 24 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Isroil o‘n minglab askarlarni barcha chegaralarga joylamoqda

Isroil o‘n minglab askarlarni barcha chegaralarga joylamoqda

Isroil Bosh shtab rahbari general-leytenant Eyal Zamir Eronga berilgan zarbalardan so‘ng armiya o‘n minglab askarni chaqirib, barcha chegaralarda tayyorgarlik ko‘rayotganini aytdi.

Avvalroq Isroil armiyasi Erondagi yadroviy dastur va harbiy ob’ektlarga aloqador o‘nlab nishonlarga zarba bergani haqida xabar bergan edi. Eron parlamentining Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi rasmiy vakili Ibrohim Rizoiy Eron Isroil hujumini javobsiz qoldirmasligini aytdi. Ynet portali Isroilga Yaman, Livan va Suriyadan kuchli zarbalar berilishiga tayyorlanayotgani haqida xabar berdi.

"Biz o‘n minglab askarlarni chaqirib, barcha chegaralarda tayyorgarlik ko‘ryapmiz", — deyiladi Bosh shtab boshlig‘i Telegram kanalida e’lon qilingan bayonotda.

Kiritildi: 09:30 13.06.2025. O'qildi: 1259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!