Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil Sharqiy Quddusni G‘arbiy Sohildan ajratib turuvchi turar-joy qurishni rejalashtirmoqda

Isroil Sharqiy Quddusni G‘arbiy Sohildan ajratib turuvchi turar-joy qurishni rejalashtirmoqda

Isroil moliya vaziri Besalel Smotrich Sharqiy Quddusni G‘arbiy Sohildan ajratib turuvchi turar-joy qurish rejasini ma’qulladi.

Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

"Vazir payshanba kuni G‘arbiy Sohildagi mavjud aholi punkti va Quddus o‘rtasida isroillik ko‘chmanchilar uchun 3401 ta uy qurish rejasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazadi", - dedi Smotrich vakili.

Bosh vazir Benyamin Netanyaxu uzoq vaqt muzlatilgan E1 sxemasini qayta tiklash rejasini qo‘llab-quvvatlaydimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas.

Eslatib o‘tamiz, Isroil 2012 yildan buyon bu loyihani falastinliklar bilan bo‘lajak tinchlik kelishuviga tahdid deb hisoblagan AQSH, Yevropa ittifoqchilari va boshqa jahon kuchlarining e’tirozlari tufayli bu rejani muzlatib qo‘ygan edi.

Kiritildi: 13:50 14.08.2025. O'qildi: 777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!