Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.
AQSh rasmiylari bu da’volar bo‘yicha ikkiga bo‘lingan. Ba’zilar tahdidni ishonchli deb hisoblashadi, chunki Eronning AQSh ob’ektlari va manfaatlariga hujum qilishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishlar mavjud. Boshqalar esa Bosh vazir Benyamin Netanyaxu hukumati Vashingtonni Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy operasiyalarni qayta boshlashga majburlashga urinayotganidan shubhalanmoqda.
Ba’zi AQSh rasmiylari Iroqda ommaviy qirg‘in qurollari borligi haqidagi 2002-yildagi bahsli da’volar bilan taqqoslashadi, bu keyinchalik AQShning Iroqqa bostirib kirishi uchun asoslardan biriga aylangan edi.
Isroil shuningdek, Fors ko‘rfazi davlatlari bilan razvedka ma’lumotlarini baham ko‘rgan. Biroq, bu davlatlarning ba’zi vakillari ayblovlarga shubha bilan qarashadi va Isroil mojaroni yanada kuchaytirishga harakat qilayotganiga ishonishadi.