Isroil havo kuchlarining o‘nlab qiruvchi samolyotlari chorak soat ichida Yamanning Sana aeroporti hududida Ansor Alloh harakatining hutiy nishonlariga ellikta o‘q-dori tashladi.
Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati ma’lum qildi.
"6 may kuni ertalab Isroil harbiy-havo kuchlarining o‘nlab samolyotlari 50 ta o‘q-doridan foydalanib, hutiy terrorchi rejimiga tegishli ko‘plab nishonlarga zarba berdi. Bu nishonlar Sanadagi asosiy ayeroport va uning atrofida joylashgan edi", - deyiladi bayonotda.
Matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, jangarilar Sanadagi asosiy aeroportni 15 daqiqa ichida bombardimon qilgan, shuningdek, hutiylar terrorchilik maqsadlarida foydalanayotgan muhim elektr stansiyalari va beton zavodiga zarba berishgan.