Bugun 10 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Isroil prezidenti muxolifat yetakchisiga yangi hukumat tuzish vakolatini berdi, ammo Netanyahuni hokimiyatdan ketkazish oson bo‘lmaydi

Isroil prezidenti muxolifat yetakchisiga yangi hukumat tuzish vakolatini berdi, ammo Netanyahuni hokimiyatdan ketkazish oson bo‘lmaydi

Isroilda yangi hukumat tuzish jarayoni 8 noyabr kuni rasmiy bosqichga o‘tdi. Shu kuni Isroil prezidenti Ishak Hersog “Yashar” partiyasi rahbari Gadi Ayzenkotga hukumat tuzish vakolatini topshirdi. Sobiq generalda buning uchun 28 kun vaqt bor.

Ayzenkot barcha isroilliklar uchun hukumat tuzishga va’da berdi. "Milliy favqulodda hukumat tuzishimiz kerak. Ijodiy va noan’anaviy siyosiy qadamlar talab etiladi", dedi u.

4–5 noyabr kunlari Isroil prezidenti partiyalar bilan maslahatlashuv o‘tkazgandi. Unda 67 deputat Ayzenkotni, 46 deputat esa Isroilning amaldagi bosh vaziri Binyamin Netanyahuni tavsiya qildi. Ultraortodoks “Birlashgan Tavrot iudaizmi” partiyasining 7 deputati hech kimni tavsiya qilmadi. New York Times'ga ko‘ra, ushbu partiya Ayzenkot bilan murosaga tayyor bo‘lishi mumkin.

Ayzenkotni ikki arab partiyasi – “Qo‘shma ro‘yxat” va “Ra’am” ham tavsiya qildi, ammo bu ularni koalisiyaga kirishga majbur qilmaydi. Netanyahuning “Likud” partiyasi eng ko‘p o‘rin olgan bo‘lsa-da, qonunga ko‘ra prezident hukumat tuzish imkoniyati yuqoriroq nomzodni tanlaydi.

Kiritildi: 11:47 09.11.2026. O'qildi: 1571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik