Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil mudofaa armiyasining uch generali va o‘nlab qo‘mondonlari lavozimidan ozod etildi

Isroil mudofaa armiyasining uch generali va o‘nlab qo‘mondonlari lavozimidan ozod etildi

Isroil mudofaa armiyasining uch generali va o‘nlab qo‘mondonlari 2023 yil 7 oktyabrda HAMASning Isroilga hujumiga yo‘l qo‘ygani uchun lavozimidan ozod etildi.

Bu haqda AFP agentligi Isroil Bosh shtabi qaroriga tayanib xabar berdi.

"Gap SAHALning sobiq razvedka boshlig‘i Aaron Xaliva, operativ boshqarma sobiq rahbari Oded Basyuk va o‘sha paytda janubiy harbiy okrug uchun javobgar bo‘lgan general-mayor Yaron Finkelman haqida ketmoqda. Finkelman va Xaliva 2025 yil yanvar oyidayoq 7 oktyabrda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar sababli iste’foga chiqqan edi. Basyuk esa iyun oyida Isroil va Eron o‘rtasidagi urushdan so‘ng lavozimini tark etgan", deya yozmoqda nashr.

Bundan tashqari, Isroil harbiy-havo kuchlari boshlig‘i Tomer Barga nisbatan ham intizomiy choralar ko‘rilgan. Yana to‘qqiz general va yuqori lavozimdagi ofiserlar ham javobgarlikka tortilgani aytilgan.

Kiritildi: 18:57 25.11.2025. O'qildi: 343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!