Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Isroil maktabdagilarni qirib yubordi

Isroil maktabdagilarni qirib yubordi

Isroilning qirg‘inbarot hujumi haqidagi so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishing:

  • Isroilning G‘azodagi maktabga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 21 falastinlik halok bo‘ldi.
  • Isroil armiyasi shanba kuni Hizbulloh manzillarini yana nishonga olganini aytdi.
  • The Times of Israel gazetasining Isroil aviasiya ma’muriyatiga tayanib xabar berishicha, sohil bo‘yidagi Hadera shahridan va shimolga tomon Isroil havo hududi yopiq.
  • Livan jamoat ishlari va transport vaziri Ali Hamiye Bayrutning janubiy mahallasida joylashgan turar-joy binosining portlatilishi «harbiy jinoyat» ekanligini aytdi va Isroil «mintaqani urushga tortayotganini» ma’lum qildi.
  • Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi, Isroilning G‘azo janubidagi Musbah hududidagi vazirlik omborlariga uyushtirgan hujumi oqibatida besh nafar ishchi halok bo‘lganini va bir qanchasi yaralanganini ma’lum qildi.
  • Livan sog‘liqni saqlash vaziri Firas Abiadning so‘zlariga ko‘ra, ushbu haftada peyjer portlashlari va dron hujumi qurbonlari soni 70 kishini tashkil etadi. Kecha Isroilning Bayrut janubiga qilgan hujumida 31 kishi, jumladan, uch bola va yetti ayol halok bo‘lgan.
Kiritildi: 19:59 21.09.2024. O'qildi: 891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!