Bugun 4 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Isroil Madrimov: "Kanelo Kroufordni muddatidan avval yengishi mumkin"

Isroil Madrimov: "Kanelo Kroufordni muddatidan avval yengishi mumkin"

Professional boks bo‘yicha o‘zbekistonlik sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov Saul Alvares va Terens Krouford o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida gapridi.

Ushbu qarama-qarshilik 14 sentyabr kuni Las-Vegasda (AQSh) bo‘lib o‘tadi.

"Agar Krouford ortiqcha vaznga ega bo‘lmasa, u g‘alaba qozonishi mumkin. Imkoniyat bor. Ortiqcha vazn bo‘lmasa, imkoniyatlar 50 ga 50 bo‘ladi. Krouford g‘alaba qozonishi mumkin, Kaneloda ham xuddi shunday. Terens ortiqcha vazn yig‘sa, o‘ziga qiyin bo‘ladi. Bunday holatda Kanelo muddatidan oldin ham g‘alaba qozonishi mumkin", dedi Madrimov.

Ma’lumot o‘rnida, Isroil 2024 yil avgust oyida Terens Krouford bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub bo‘lgandi.

Kiritildi: 23:23 28.08.2025. O'qildi: 830 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!