Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil Livanning janubi va sharqiy qismiga qator zarbalar berdi

Isroil Livanning janubi va sharqiy qismiga qator zarbalar berdi

Isroil armiyasi Livan janubida va G‘arbiy Bekaa sharqiy mintaqasida qator havo hujumlarini amalga oshirdi.

Livanning rasmiy NNA xabar agentligi Isroilning mamlakat sharqidagi G‘arbiy Bekaa mintaqasiga bir qator havo hujumlarini uyushtirganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu hujumlarning to‘rttasi dron va bittasi F-16 qiruvchi samolyotlari yordamida amalga oshirilgan.

Hujumlar natijasida qurbon bo‘lganlar haqida ma’lumot berilmagan.

Isroil jangovar samolyotlari g‘arbiy Bekaa hududi ustida uchib, vaqti-vaqti bilan tovushdan tez parvozlar amalga oshirayotgani, shuningdek, mamlakat janubidagi Nabatiya mintaqasiga ham zarbalar bergani kuzatildi.

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, Nabatiyaning Markayoun hududida Litani daryosi tubi va Nabatiyaning Yaxmur ash-Shikeyf shahri ham bombalangan.

Kiritildi: 00:22 18.03.2025. O'qildi: 428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!