Livan hukumati mamlakat janubidagi Xaruf qishlog‘ida Isroil uchuvchisiz uchoqlarining hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Ynet nashriga ko‘ra, marhum bir kun avval Isroil tomonidan o‘ldirilgan Hizbullohning "janubiy fronti"ning logistika qo‘mondoni Abbos Hasan Karakiyning qarindoshi.
Hujum Karakining dafn marosimidan oldin amalga oshirilgani aytilmoqda.