Isroil mudofaa kuchlari Livan janubida "Hizbulloh"ning ikki jangarisi o‘ldirilganini e’lon qildi.
Isroil armiyasi matbuot xizmati bu haqda Facebook’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilgan.
"Livanning janubida "Hizbulloh" boshchiligidagi "Livan qarshilik brigadalari"ning ikki jangchisi halok bo‘ldi. Ular qurol kontrabandasi bilan shug‘ullangan, bu Isroil va Livan o‘rtasidagi kelishuvni buzish", - deyiladi bayonotda.