Kompaniya ijrochi raisi Yaron Rozen BILD nashriga bergan intervyusida dronlarning keng tarqalishi tufayli davlat idoralari 1000 metrgacha bo‘lgan balandlikdagi havo hududi ustidan nazoratni amalda yo‘qotganini bildirdi.
Kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan Overwatch platformasi radarlar va boshqa datchiklardan olinadigan ma’lumotlarni birlashtiradi. Bu polisiya va xavfsizlik xizmatlariga havodagi ob’ektlarni real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradi.
Sun’iy intellekt ehtimoliy xavf tug‘diruvchi dronlarni fuqarolik maqsadlarida foydalaniladigan uchuvchisiz apparatlardan farqlashga yordam beradi va ehtimoliy javob choralarini taklif qiladi. Biroq yakuniy qarorni inson qabul qiladi.
Rozenning so‘zlariga ko‘ra, tizimdan allaqachon Isroil chegaralarini qo‘riqlashda foydalanilmoqda. Shuningdek, u Mayamida futbol bo‘yicha jahon chempionati davomida ham qo‘llangan.
Kompaniya rahbari mazkur texnologiyadan Germaniya Bundestagi va aeroportlarini himoya qilishda foydalanish mumkinligini ta’kidladi.
Xususan, uning fikricha, bunday tizim 2026 yil avgust oyida Leypsig aeroportida Ukrainaga tegishli An-124 samolyotiga portlovchi modda o‘rnatilgan dron yordamida uyushtirilgan hujumning oldini olishga yordam berishi mumkin edi.