Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroil jurnalistlarni repressiya qilmoqda

Isroil jurnalistlarni repressiya qilmoqda

Isroil G‘azo sektoriga ommaviy zarbalar boshlangan 2023-yil 7-oktyabrdan beri hibsga olingan 49 nafar falastinlik jurnalistni qamoqda saqlashda davom etmoqda. Bu haqda Falastin asirlari jamiyati xabar berdi.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil qo‘shinlari jurnalist Ali al-Samudini Jenindagi uyiga reyd chog‘ida qo‘lga olgan. Uning hibsga olinishi bilan hamon hibsdagi falastinlik jurnalistlar soni 49 nafarga yetdi.

7 oktyabrdan beri Isroil rasmiylari tomonidan jami 177 nafar matbuot xodimi hibsga olingan. Ularning deyarli uchdan bir qismi hamon qamoqda.

Jamiyat bayonotida Isroil falastinlik jurnalistlarni hibsga olish orqali muntazam ravishda ta’qib qilayotgani ta’kidlangan. G‘azoda matbuot xodimlari hujumlar nishoniga olinmoqda. Tashkilot bu davrni "jurnalistlar uchun eng qonli davrlardan biri" deb atamoqda.

G‘arbiy Sohilda urush boshlanganidan beri jurnalistlarni ma’muriy hibsga olish bo‘yicha 19 ta holat qayd etilgan, jumladan Samir Xuvayra va Ibrohim Abu Safiye.

❕ 7-oktyabrdan beri bosib olingan Sharqiy Quddus va G‘arbiy Sohilda falastinliklarga qarshi hibsga olishlar, reydlar va zo‘ravonliklar kuchaygan. Mahalliy manbalarga ko‘ra, bu vaqt ichida 957 falastinlik, jumladan 171 bola halok bo‘lgan. 7000 dan ortiq odam yaralangan, 16400 kishi hibsga olingan.

G‘azodagi o‘t ochishni to‘xtatishdan keyin Isroil 21 yanvar kuni Jenin va shu nomdagi qochqinlar lagerida “Temir devor” operasiyasini boshlagan edi. Keyinchalik hujumlar Tulkarm, Tubas va uning atrofidagi lagerlarga tarqaldi.

Isroil armiyasi Jenin va Tulkarmdagi qochqinlar lagerlarini egallashda davom etmoqda.

Kiritildi: 13:39 30.04.2025. O'qildi: 414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!