Bu haqida The Times of Israel xabar berdi.
"Isroil Umumiy xavfsizlik xizmati (SHABAK yoki “Shin-Bet” nomi bilan ham tanilgan) rahbarini iste’foga chiqarish to‘g‘risidagi qaror 21 mart kuni tunga yaqin vazirlar mahkamasi yig‘ilishida qabul qilindi", deb xabar bermoqda gazeta.
Avvalroq mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyahu 2023 yil 7 oktyabrda HAMAS guruhi Isroilga hujum qilganidan so‘ng, Barga bo‘lgan ishonchi yo‘qolganini aytgan edi. Netanyahuning fikricha, SHABAK rahbari terrorizmga qarshi kurashda "yumshoq va yetarlicha tajovuzkor bo‘lmagan yondashuv" namoyon etgan.
O‘sha yig‘ilishda Ronen Barning o‘zi ishtirok etmagan, biroq u hukumatning unga nisbatan da’volarini "asossiz" deb atagan.