Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Ahmadaliyev — Inoue jangi manzili o‘zgardi

A A A
Ahmadaliyev — Inoue jangi manzili o‘zgardi

Xabaringiz bor, 14 sentyabr kuni professional boksning ikkinchi eng yengil vazn toifasidagi mutlaq chempionlik jangi o‘tkaziladi.

Unda yaponiyalik chempion Naoya Inoue WBA Interim kamari sohibi, o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev bilan to‘qnash keladi.

Avvalroq, titul jangi 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo bugun tongda Yaponiya tomoni jangni rasman tasdiqlab, turnir 14 sentyabr kuni Nagoya shahridagi IG Arena majmuasida bo‘lib o‘tishi haqida ma’lumot berdi.

Ma’lumot uchun, IG Arena yangi qurib bitkazilgan inshoot bo‘lib, 17 000 muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Arenaning ochilish marosimi 13 iyul kuni o‘tkaziladi.

Kiritildi: 23:19 10.07.2025. O'qildi: 1897 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!