Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroil hujumlari natijasida Eronda to‘qqiz nafar jurnalist halok bo‘ldi

Isroil hujumlari natijasida Eronda to‘qqiz nafar jurnalist halok bo‘ldi

Isroil tomonidan Eronga amalga oshirilgan harbiy hujumlar oqibatida to‘qqiz nafar OAV xodimi halok bo‘ldi.

Eron davlat televideniyesining ma’lum qilishicha, 13 iyundan boshlab boshlangan Isroil zarbalari davomida bir qator jurnalistlar halok bo‘lgan.

Halok bo‘lganlar orasida Eron General shtabi rahbari Muhammad Bageriyning qizi — Fereshte Bageriy, shuningdek, Ihson Zakiri, Ali Tehmosebi, Muin Nezeri, Ramazon Ali Chubdari, Emir Huseyn Tavusiy, Muhammad Javod Elvendi, Masume Azimiy va Nima Radjabpur bor.

Ayni paytdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Masume Azimiy va Nima Radjabpur 16 iyun kuni Isroil tomonidan Eronning davlat teleradio korporasiyasi (IRIB)ga berilgan aviazarba oqibatida halok bo‘lgan.

Eron rasmiylari ushbu hujumlarni xalqaro huquq va jurnalistlar xavfsizligiga qarshi jinoyat sifatida baholamoqda. Hodisalar xalqaro hamjamiyat tomonidan keskin qoralanishi mumkin.

Kiritildi: 18:18 28.06.2025. O'qildi: 417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!