Isroilning Sano shahriga bergan zarbasi natijasida Yaman hutiylari tomonidan tuzilgan "Ansor Alloh" isyonchi harakatidan kamida 10 nafar hukumat a’zosi halok bo‘ldi.
Bu haqda "Ansor Alloh" harakatidagi manba ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Isroil operasiyasi qurbonlari bo‘lganlar bosh vazir o‘rinbosari Jalol al-Ruvayshhon, tashqi ishlar vaziri Jamol Amer, axborot vaziri Hoshem Sharafaddin, mahalliy hukumat vaziri Muhammad al-Madaniy, iqtisod vaziri Muin al-Mahakri, adliya vaziri Mujohid Ahmad, transport vaziri Muhammad Kahim, ta’lim vaziri Basanja Saadila, Sport Muhammad al-Mavlid.
Avvalroq “Ansor Alloh” harakati hutiylar tomonidan shakllantirilgan hukumat rahbari Ahmad G‘olib ar-Rahaviy hamda ism-shariflari oshkor etilmagan “bir qancha vazir hamkasblari” vafot etganini rasman tasdiqlagan edi. Vafot etgan hukumat rahbarining o‘rniga uning birinchi o‘rinbosari Muhammad Miftoh keldi.