Isroil mudofaa kuchlari payshanba kuni ertalab Livan janubidagi Al-Mansuri hududida "Hizbulloh" artilleriya qo‘mondoni Muhammad Jamol Murodni qirg‘oq sektorida yo‘q qildi.
Isroil armiyasi matbuot kotibi xabar berishicha, Murod urush paytida Isroil hududiga qilingan ko‘plab raketa hujumlari uchun javobgar bo‘lgan.
Qayd etilishicha, u so‘nggi oylarda qirg‘oq sektorida "Hizbulloh"ning artilleriya salohiyatini tiklashga uringan.
Isroil uning xatti-harakatlari Isroil xavfsizligiga tahdid solayotganini va Tel-Aviv va Bayrut o‘rtasida avval erishilgan kelishuvlarni buzganini ta’kidladi.