Guvohlar ma’lum qilishicha, Isroil armiyasi G‘azo sektorining turli hududlariga havo va artilleriya zarbalari bergan. Xususan, G‘azo shahri va Deyr al-Balax hududlari o‘qqa tutilgan.
Hozircha halok bo‘lganlar yoki yaralanganlar haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.
Ma’lum qilinishicha, Isroil armiyasi 10 oktyabrdan kuchga kirgan sulh kelishuvini deyarli har kuni buzib kelmoqda.