«Anadolu» agentligi G‘azo sektoridagi qirg‘inning bir yilligi munosabati bilan Isroilning 2023 yil 7 oktyabrdan buyon anklavda sodir etgan jinoyatlari haqida 13 tilda qisqa metrajli animasion film suratga oldi.
Xabarlarda aytilishicha, film Isroilning Falastin hududida amalga oshirgan va o‘n minglab tinch aholini o‘ldirgan qirg‘ini haqida hikoya qiladi.
Asar bombalar natijasida uyidan ayrilgan bolakayning «Qayerga boramiz?» degan savoli bilan boshlanib, Isroil hujumlarida halok bo‘lgan ommaviy axborot vositalari xodimlarining fotosuratlari bilan yakunlanadi.
Shuningdek, videoda Isroil armiyasining falastinliklarga evakuasiya buyrug‘ini berib, ularni go‘yoki «xavfsiz zonalar» deb atalmish hududga surgani va eksklav ichida migrasiyaga majbur qilinganiga e’tibor qaratiladi.
«G‘azo sektoridan qochish o‘limga borishdan farq qilmaydi», — deydi matn mualliflari.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroil hujumlari oqibatida 42 ming odam halok bo‘ldi, ularning aksariyati bolalar va ayollardir.