Isroil buldozerlari Nur Shamsdagi uylarni buzmoqda; aholiga ko‘chish buyurildi.
Ramazon oyining birinchi kunida Isroil harbiy buldozerlari bosib olingan G‘arbiy Qirg‘oqdagi "Nur Shams" qochqinlar lageriga kirib, uylarni buzib, yo‘llarni kavlab tashladi.
Lagerning Xalq qo‘mitasi raisi Nihad al-Shavish "Anadolu" axborot agentligiga ma’lum qilishicha, "bir nechta harbiy buldozerlar al-Manshiya mahallasiga bostirib kirib, turar-joy binolarini vayron qilgan."
Uning aytishicha, Isroil harbiylari "keng ko‘lamli portlatishlarga" tayyorgarlik ko‘rayotganini aytib, aholini evakuasiya qilishga majburlagan.
"Armiya lagerning barcha aholisiga ko‘chib ketishni buyurdi," - dedi al-Shavish.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar oyida bosqin boshlanganidan beri kamida 55 nafar falastinlik va uch nafar isroillik harbiy xizmatchi halok bo‘lgan. Hujum oqibatida 40 mingdan ortiq falastinlik o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.