Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektoridagi eng yirik shahar — G‘azo shahrini bosib olish va XAMASni tor-mor qilish rejasi borligini tasdiqladi. Shu bilan birga, u:
«Barcha asirlarimizni ozod qilish va Isroil uchun maqbul shartlarda urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni darhol boshlash»
bo‘yicha topshiriq berganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bosqin va muzokaralar bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi.
IYErusalimdagi Xavfsizlik kengashi bu oy boshidayoq G‘azo shahrini bosib olish va fuqarolarni janubga evakuasiya qilish rejasini ma’qullagan.
Isroil va XAMAS o‘rtasida yaman orqali o‘tayotgan muzokaralar hozirgacha samara bermagan va yaqinda vaqtincha to‘xtab qolgan. Shu bilan birga, AQSH, Qatar va Misr kabi xalqaro vositachilar muzokaralarni qayta tiklash ustida ish olib bormoqda.
18 avgust kuni XAMAS 10 nafar tirik isroillik asirga almashuv evaziga 60 kunlik otashkesim taklifini bergan. Hozirgi kunda XAMAS qo‘lida 50 nafarcha isroillik asir bor bo‘lib, shundan 20 nafarga yaqini tirik deb hisoblanmoqda.
Isroil hozircha bu taklifga rasmiy javob bermadi.