Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroil BMT vakili o‘ldirilganini tan oldi

Isroil BMT vakili o‘ldirilganini tan oldi

Isroil harbiylari o‘tgan oy G‘azo sektorida sodir bo‘lgan voqeada Birlashgan Millatlar Tashkiloti xodimi tankdan otib o‘ldirilganini tan oldi, deb yozdi BBC.

19 mart kuni Dayr al-Balohdagi BMT qarorgohi vayron qilinishi oqibatida bir xodim halok bo‘lganda Isroil mudofaa kuchlari bu manzilga zarba bermaganini aytgan edi. Hodisa yuzasidan o‘tkazilgan tergovning dastlabki xulosasi esa yahudiy davlati qo‘shini binoda “dushman borligi” haqidagi taxminda adashganini ko‘rsatdi.

- Isroil ushbu jiddiy voqeadan afsusda, - degan harbiy mulozimlardan biri. Kelgusida shunday hodisalarning oldini olish uchun tezkor saboq olish va qo‘shimcha chora-tadbirlarni baholash maqsadida batafsil tekshirish jarayoni davom etyapti.

Kiritildi: 00:52 28.04.2025. O'qildi: 645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!