Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Isroil Bayrutga zarba berdi

Isroil Bayrutga zarba berdi

Isroil armiyasi Livan poytaxti Bayrutning janubiy chekkasiga zarba berdi. SAXAL bundan maqsad “Hizbulloh” foydalanayotgan ob’ektni yo‘q qilish bo‘lganini da’vo qilmoqda. Zarba berilishidan oldin binoda bo‘lgan odamlarga evakuasiya qilish buyurilgan.

Zarba, besh oy oldin “Hizbulloh” va Isroil o‘rtasida tuzilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi mavjud bo‘lishiga qaramay, amalga oshirildi. Isroil armiyasi Bayrutga oxirgi marta taxminan bir oy oldin zarba bergan edi.

Livan prezidenti idorasi mazkur hujumni qoraladi va sulh imzolanishida vositachilik qilgan AQSh va Fransiyani Isroilga bosim o‘tkazib, otishmalarni to‘xtatishga undashga chaqirdi.

Kiritildi: 11:51 28.04.2025. O'qildi: 1180 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!