Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Isroil bayonoti: Falastin davlati bo‘lmaydi

A A A
Isroil bayonoti: Falastin davlati bo‘lmaydi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hukumat yig‘ilishida Isroilning Falastin davlatini yaratish masalasi bo‘yicha pozisiyasi o‘zgarishsiz qolishini aytdi, deb xabar bermoqda Isroil OAV.

"Falastin davlati tashkil etilishiga qarshi e’tirozimiz o‘zgargani yo‘q," - dedi Isroil hukumati rahbari.

Bu bayonot BMT Xavfsizlik Kengashining Amerika rezolyusiyasi loyihasi matni o‘zgarishi fonida e’lon qilindi. So‘nggi kunlarda AQSh vakillari unga G‘azodagi kelishuv "Falastin davlatini yaratishga imkon beradigan so‘qmoq" bo‘lishi haqida eslatmalar kiritdi. Bu o‘zgarish hukmron koalisiyada keskin tanqidga uchradi.

Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning G‘azodagi maqsadlari o‘zgarmagan: "HAMAS qurolsizlantiriladi, G‘azo demilitarizasiya qilinadi. Yo yaxshi, yo yomon."

Kiritildi: 21:44 16.11.2025. O'qildi: 1903 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!