Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroil armiyasi G‘azo islom universitetiga hujum qildi

Isroil armiyasi G‘azo islom universitetiga hujum qildi

Isroil kuchlari G‘azo shahridagi G‘azo islom universiteti binosiga havo zarbasini amalga oshirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum natijasida universitet binosiga jiddiy zarar yetgan. Hujum oldidan isroillik harbiylar binoda bo‘lgan falastinliklarni evakuasiya qilishga chaqirgan.

Isroilning “xavfsizlik kabineti” 8 avgust kuni G‘azo shimolini bosib olish rejasini ma’qullagan edi. Shu qarordan so‘ng Isroil armiyasi hududda yashovchi falastinliklarni janubga surish maqsadida hujumlarni kuchaytirdi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu “butun azoni nazorat ostiga olish” niyatini bildirgan.

Kiritildi: 13:53 15.09.2025. O'qildi: 365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!