Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston tomoni yana Rossiyaga nota yo‘lladi

O‘zbekiston tomoni yana Rossiyaga nota yo‘lladi

Vladivostokda o‘zbekistonlik muhojirlar kaltaklandi.

2025 yil 13 sentyabr kuni Rossiyaning Vladivostok shahrida bir guruh yoshlar O‘zbekiston fuqarolarini do‘pposladi. Hodisa haqida O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsuli Yusup Kabuljanov munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda rossiyalik o‘smirlar muhojirlarni kaltaklayotgani, ularni haqorat qilib masxara qilayotgani aks etgan. Voqeani yoshlardan biri telefonga yozib olgan.

Konsul ma’lumoticha, holat yuz bergan zahoti jabr ko‘rgan fuqarolar bilan bog‘lanilib, ularga huquqiy yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Vladivostok Ichki ishlar boshqarmasiga rasmiy ariza yo‘llangan va Primorsk o‘lkasi Prokuraturasiga tegishli choralar ko‘rish zarurligi haqida nota yuborilgan.

Izohda ta’kidlanishicha, mazkur voqea O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi va Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan alohida nazoratga olingan.

Kiritildi: 22:45 15.09.2025. O'qildi: 1491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!