Isroil armiyasi uchinchi kundirki, G‘arbiy sohilning shimolidagi Tubas shahrida joylashgan El-Fariya qochqinlar lagerini keng ko‘lamli “harabiy operasiya” doirasida muhosaraga olmoqda.
Guvohlarning aytishicha, tongda yirik harbiy qismlar lagerga kirib borgan, tor ko‘chalar va asosiy yo‘laklar bo‘ylab askarlar joylashtirilgan. Harbiylar ommaviy tintuvlar o‘tkazib, bir qator falastinlik oilalarni uylaridan majburan chiqargan.
Aholi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil qo‘shinlarining qattiq nazorati harakat erkinligini keskin cheklagan. Qo‘shni Tamun shahridagi ikki kunlik reydlar ham infratuzilma va mulkka katta zarar yetkazgan.
So‘nggi uch kun davomida Tubas atrofida doimiy reydlar o‘tkazilib, kirish yo‘llari yopilgan, fuqarolar harakatiga qattiq cheklovlar qo‘yilgan. Xavfsizlik kuchlari tintuv va hibs paytida kuch ishlatgani, bir nechta falastinlikning yaralangani xabar qilinmoqda. Mahalliy manbalar Isroil havo kuchlari samolyotlari pulemyotdan o‘t ochganini ham ma’lum qilgan.
Isroil armiyasi Tubasda “keng ko‘lamli operasiya” boshlanganini ilgari rasman tasdiqlagan. Harbiy samolyotlar shahar ustiga arab tilida tahdidli varaqalar tashlagan.
Isroil qo‘shinlari bugunga qadar Janin va Tulkarm lagerlaridan 42 mingdan ortiq falastinlikni majburan chiqarib yuborgani, va ularning uylarga qaytishiga to‘siq qilayotgani ma’lum qilingan.