Isroil oxirgi 48 soat davomida Tramp ma’muriyatidan Tehronning yadroviy dasturini yo‘q qilish uchun Eron bilan mojaroga qo‘shilishni so‘ramoqda.
Bu haqda Amerikaning Axios portali Isroilning ikki rasmiysiga tayanib xabar berdi.
Portal manbasining ta’kidlashicha, operasiyaga Qo‘shma Shtatlar ham qo‘shilishi mumkin. Uning qo‘shimcha qilishicha, Tramp Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan suhbatida, agar kerak bo‘lsa, shunday qilishiga sha’ma qilgan.
Shuningdek, isroillik manbaning Axios nashriga aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Isroilning Eron bilan qarama-qarshilikka qo‘shilish iltimosini ko‘rib chiqmoqda. Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroil rasmiylari Tramp rozi bo‘lishiga umid qilmoqda.
O‘z navbatida, AQSh vakili portalga Isroil Tramp ma’muriyatini mojaroga qo‘shilishga chaqirganini tasdiqladi, biroq ma’muriyat bu variantni ko‘rib chiqmayotganini aytdi.