Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Isroil AQShdan 7 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ oladi

Isroil AQShdan 7 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ oladi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Isroilga 7 milliard dollarlik qurol-yarog‘, jumladan, samolyot uchun bombalar, boshqariladigan raketalar va boshqa tegishli jihozlar yetkazib beradi.

Bu haqda Pentagon AQSh prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu uchrashuvi yakunlariga tayanib ma’lum qildi.

“Qo‘shma Shtatlar Isroil xavfsizligini ta’minlash tarafdori. Bu AQSh milliy manfaatlari uchun asosiy jihat hisoblanadi. Taklif etilayotgan bitimlar Isroilga o‘zining mudofaa qobiliyatini mustahkamlash hamda hozirgi va kelajakdagi tahdidlarga qarshi turishga tayyorligini oshirish imkonini beradi”, dedi Pentagon.

Isroil mudofaa kuchlari uchun 3 mingta AGM-114 Hellfire havo-er boshqariladigan raketalari, shuningdek, 2 mingdan ortiq GBU-39/B kichik diametrli bombalar, 2,8 ming MK 82 kuchli portlovchi bomba va 13 ming JDAM to‘plamlari taqdim etiladi.

Kiritildi: 11:15 08.02.2025. O'qildi: 742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!