Bu haqda bosh vazir Pedro Sanches aytib o‘tdi.
Unga ko‘ra, hukumat avval safarbar qilingan 2500 askardan tashqari bedarak yo‘qolganlarni qidirish va hududni tozalashga yordam berish uchun yana 5 ming askar yuboradi.
«Bu ispan armiyasining tinchlik davridagi eng yirik operasiyasi. Hukumat zarur bo‘lgan barcha resurslarni safarbar qiladi, agar ular kerak bo‘lsa», dedi u televideniye orqali fuqarolarga murojaatida. Uning so‘zlarini 2 noyabr kuni Reuters agentligi keltirgan.