Volodimir Zelenskiy telegram sahifasida Ukraina harbiylari tomonidan qo‘lga tushirilgan shimoliy koreyalik askarlarning so‘roq jarayoni aks etgan videoni e’lon qildi.
Asirlardan biri u Ukrainaga qarshi urushga jo‘natilishini bilmaganini, komandirlar ularni faqat mashg‘ulotlar uchun chaqirganini aytgan. Ikkinchi askar esa oilasi borligini, ammo ular uning qayerdaligini bilmasligini ma’lum qilgan. Har ikki asirdan KXDRga qaytishni xohlash-xohlashmasliklari so‘ralganida, ulardan biri qaytishni xohlashini, ikkinchisi esa Ukrainada yashashni istashini bildirgan.
Zelenskiy asirlar vataniga qaytishni istamasa, ular uchun «boshqa yo‘llar ham bo‘lishi mumkinligini» ta’kidladi. «Xususan, urush haqida bor haqiqatni tarqatishni xohlagan koreyaliklarga bunday imkoniyat beriladi», — dedi u.