Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Habib Nurmagomedov AQShda samolyotdan tushirib yuborildi

A A A
Habib Nurmagomedov AQShda samolyotdan tushirib yuborildi

UFC sobiq chempioni, rossiyalik Habib Nurmagomedov styuardessa bilan tortishib qolgani uchun AQShda samolyotdan tushirib yuborildi. Bu haqda Essentially Sports xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Nurmagomedov samolyotning favqulodda chiqish eshigi yonida o‘tirgani ko‘rinadi. Styuardessa undan favqulodda vaziyat yuzaga kelganda boshqa yo‘lovchilarga yordam bera oladimi, deb ingliz tilida so‘ragan.

Nurmagomedov savolni darrov tushunmadi va undan boshqa o‘rindiqqa o‘tirishni so‘rashdi. Ammo u rad javobini berdi. Keyin styuardessa unga supervayzerga qo‘ng‘iroq qilishini va samolyotdan tushirilishini aytdi.

Nurmagomedov styuardessaning talablarini adolatsiz deb atadi, chunki ro‘yxatdan o‘tish vaqtida undan ingliz tilini bilishi haqida so‘rashgan edi.

Yakunda Nurmagomedov o‘rnidan turib, supervayzerga ergashishga majbur bo‘ldi, uning hamrohlari ham o‘rnidan turib, javondan bagajlarini olib ketishdi.

18 yanvar kuni Los-Anjelesda 2025 yilgi UFC markaziy turnirlaridan biri bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unda Nurmagomedov jamoasi jangchilari ham chiqish qilishi lozim.

Kiritildi: 10:09 13.01.2025. O'qildi: 4487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!