Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Ispaniyada polisiya muhojirlar bilan to‘qnashdi

Ispaniyada polisiya muhojirlar bilan to‘qnashdi

Ispaniya polisiyasi Badalon shahrida o‘quv muassasasi binosini noqonuniy egallab olgan muhojirlarni chiqarib yuborish uchun reyd o‘tkazdi. Operasiya to‘qnashuvlarga aylanib ketdi, natijada 17 kishi qo‘lga olindi.

La Vanguardia gazetasining xabar berishicha, voqea Barselona provinsiyasida sodir bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari 2023 yildan beri Afrika mamlakatlaridan kelganlar o‘zboshimchalik bilan ushlab turgan eski B9 instituti binolarini bo‘shatish uchun kelgan.

Ko‘chirish paytida tartibsizliklar boshlandi: binoda yashovchilar tartib posbonlariga turli buyumlarni uloqtirishdi. Operasiya vaqtida ichkarida 180 nafar muhojir bo‘lgan. Kataloniya polisiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan 17 nafari immigrasiya qonunchiligini buzgani uchun hibsga olingan.

Kiritildi: Bugun 10:26. O'qildi: 228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!