Ispaniyaning Toledo provinsiyasida ikki poyezdning to‘qnashuvi oqibatida kamida 64 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Kastiliya — La-Mancha mintaqasi hukumati ma’lumotlariga tayanib, Diario nashri xabar bermoqda.
Dastlabki tergov natijalari hodisaga inson omili sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Taxminlarga ko‘ra, dispetcherlik markazi operatori qizil signal yonib turganiga va Iryo poyezdi yo‘lni to‘sib turganiga qaramay, Renfe poyezdi mashinistiga harakatni davom ettirishga ruxsat bergan bo‘lishi mumkin.
Natijada Renfe poyezdi harakatsiz turgan Iryo poyezdi bilan to‘qnashgan.