Mamlakatning El-Burgo shaharchasida an’anaviy “Iudani yoqish” marosimi paytida ispanlar Netanyaxu siymosidagi qo‘g‘irchoqni olovga berishdi.
Qo‘g‘irchoqqa “xalq qotili” degan yozuv yopishtirilgan.
Shahar meri Mariya Dolores Narvaes Bandera ushbu harakatni “urushga qarshi bayonot” deb atadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, har yili xalq nazarida yovuzlikni ifodalaydigan yangi siymo marosim qahramoni sifatida tanlab olinadi.