Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Ispaniya terma jamoasi yulduzi 6-8 haftaga safdan chiqdi

Ispaniya terma jamoasi yulduzi 6-8 haftaga safdan chiqdi

"Atletik" vingeri Niko Uilyams yaqin oylarda jamoaga yordam bera olmaydi. Bu haqda El Chiringuito TV xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, 23 yoshli futbolchi chovidagi muammolar tufayli yangi davolanish kursini olishi kerak bo‘ladi, chunki avvalgisida yaxshilanish bo‘lmagan. Niko Uilyams olti-sakkiz haftaga safdan chiqishi kutilmoqda.

Uilyams joriy mavsumda barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: Bugun 19:06. O'qildi: 200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!