Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Ispaniya NATO oldidagi majburiyatlar doirasida 10 yil ichida armiya sonini 14 mingga oshiradi

Ispaniya NATO oldidagi majburiyatlar doirasida 10 yil ichida armiya sonini 14 mingga oshiradi

Ispaniya hukumati NATO oldida armiya saflarini 11 foizga, ya’ni 14 000 nafarga oshirish majburiyatini oldi. Bu haqda Ispaniyaning RTVE davlat telekanali hukumat manbalarga tayangan holda xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2029 yilga qadar Ispaniya armiyasi tarkibiga kamida 7 000 nafar yangi harbiy qo‘shiladi — bu NATOga berilgan va’daning yarmi hisoblanadi.

Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, armiyani kuchaytirish uchun taxminan 10,5 milliard yevro sarf etiladi.

Rejaning birinchi bosqichida umumiy xarajatlarning 35 foizi (tahminan 3,6 milliard yevro) sarflanishi kutilmoqda. Bu mablag‘lar asosan quyidagi yo‘nalishlarga yo‘naltiriladi:

  • Harbiylar va dengizchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilash

  • Qurolli kuchlar sonini oshirish

  • Jangovar jihozlarni modernizasiya qilish

  • Harbiy tayyorgarlik tizimini takomillashtirish

Bu qaror Ispaniyaning NATOga sodiqligini va harbiy salohiyatni kuchaytirishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi.

Kiritildi: 18:51 12.07.2025. O'qildi: 521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!