Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ispaniya chempionati. "Real" yirik hisobda g‘alaba qozondi

Ispaniya chempionati. "Real" yirik hisobda g‘alaba qozondi

"Real" Ispaniya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan "Levante"ga qarshi bahsda g‘alaba qozondi - 4:1.

Birinchi bo‘limda Vinisius Junior hisobni ochdi va Franko Mastantuonoga assistentlik qildi. Ikkinchi bo‘lim boshida mezbonlar oradagi farqni bittaga qisqartirishga muvaffaqiya bo‘lishdi, shundan so‘ng madridliklar forvardi Kilian Mbappe dubl qayd etdi.

"Real" 6 o‘yinda 6 g‘alabaga erishdi va turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Levante" 4 ochko bilan 16-pog‘onada bormoqda.

Levante - Real - 1:4

24 sentyabr, 00:30, «Syudad de Valensiya»

Gollar: Vinisius Junior, 28 (0:1). Mastantuono, 38 (0:2). Etta Eyong, 54 (1:2). Mbappe, 63 - penaltidan (1:3). Mbappe, 66 (1:4)

Levante: Rayan, de la Fuente, Elxesabal, Pampin, Tolyan, Vensedor (Bruge, 65), Rey, Olasagasti (Arriaga, 65), Alvares (Morales, 74), Romero (Koyyalipu, 74), Etta Eyong (Losada, 74)

Real: Kurtua, Karreras (Alaba, 82), Xeysen, Garsiya, Raul Asensio, Valverde (Tshuameni, 71), Sebalyos (Kamavinga, 82), Arda Gyuler, Vinisius Junior, Mastantuono (Bellingem, 71), Mbappe (Rodrigu, 82)

Ogohlantirishlar: Elxesabal, 58 - Karreras, 54

Kiritildi: 06:38 24.09.2025. O'qildi: 1014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!