Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ispaniya bosh vaziri Yevropa Ittifoqini Rossiya va Isroilga nisbatan sanksiyalar siyosatida ziddiyatli yondashuvda aybladi

Ispaniya bosh vaziri Yevropa Ittifoqini Rossiya va Isroilga nisbatan sanksiyalar siyosatida ziddiyatli yondashuvda aybladi

Evropa Kengashida nutq so‘zlagan Pedro Sanches, Yevroittifoq Rossiyaga qarshi 17 ta sanksiyalar paketini joriy qilganini, biroq inson huquqlariga oid shartnomalar bandlarini jiddiy buzayotganiga qaramay, Isroil bilan hamkorlikni davom ettirayotganini ta’kidladi.

"Biz Rossiyaga qarshi 17 ta sanksiyalar paketini joriy etib, Isroilga nisbatan bunday qilmasligimizning ma’nosi yo‘q. Yevropa ikki tomonlama standartlarni qo‘llayapti va Isroil bilan hamkorlik bitimini to‘xtatishni uddalay olmayapti", — dedi Ispaniya hukumati rahbari.

Sanches hozirgi vaziyatda mantiq yo‘qligiga ishora qilib, bunday xatti-harakatlar Yevropa Ittifoqida ikki tomonlama standartlar mavjudligini ko‘rsatishini ta’kidladi.

Kiritildi: 07:41 27.06.2025. O'qildi: 882 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!