Pokiston birinchi marta Xitoyning J-10C qiruvchi samolyotlaridan jangovar foydalanishni tasdiqladi va Hindistonning beshta samolyotini, jumladan, uchta fransuz Rafaleni urib tushirganini da’vo qildi.
❕ Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Ishoq Dar parlamentda ma’lum qildi. Avvalroq amerikalik manbalar Reuters agentligiga kamida ikkita hind qiruvchisi J-10C dan uchirilgan raketalar bilan urib tushirilganini ma’lum qilgandi.
Hindiston haligacha yo‘qotishlarni tan olmagan. Mahalliy ommaviy axborot vositalari Xitoyning Panjobdagi PL-15E raketalari qoldiqlari suratlarini chop etmoqda. Agar ma’lumot tasdiqlansa, bu J-10C dan boshqa qiruvchilarga qarshi jangovar foydalanish bo‘yicha birinchi ma’lum holat bo‘ladi.
Bunga parallel ravishda Pokiston Hindistonning 25 ta Harop dronlarini tutib olganini e’lon qildi va Hindistonni tinch aholi nishonlariga zarba berishda aybladi. Bunga javoban Hindiston Pokistonning Lahordagi havo hujumidan mudofaa vositalari yo‘q qilingani va Sindur operasiyasi davom etgani haqida xabar berdi. Mojaroning kuchayishi xalqaro xavotirga sabab bo‘ldi, Yevropa Ittifoqi, BMT va AQSh tomonlarni vazminlikka chaqirdi.