Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Islom Karimov ko‘chasidagi 11 mln so‘mlik "Akfa" deraza romlar sifatsiz bo‘lib chiqdi

Islom Karimov ko‘chasidagi 11 mln so‘mlik "Akfa" deraza romlar sifatsiz bo‘lib chiqdi

Navoiy shahrining Islom Karimov ko‘chasida yashovchi fuqaro Hurmat Rajabova Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza bilan murojaat qilib, iste’molchi sifatida haq-huquqlarini himoya qilishni so‘ragan. Iste’molchi o‘z murojaatida 2018 yil 7 may kuni Navbahor tumanida joylashgan YATT Qo‘ldoshov Kamoliddin Eshpo‘latovich ga 11 mln so‘m bank krediti asosida Akfa deraza rom yasattirib uyiga o‘rnatganini, lekin ko‘p vaqt o‘tmasdan Akfa deraza romlari sifatsiz holga kelib qolganligi sababli u bir necha marotaba tadbirkorga murojaat qiladi. Ammo tadbirkor o‘z vaqtida ta’mirlab berish o‘rniga aldab yurganligidan noroziligini bildirgan.

Uz24.uz ning yozishicha, Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan murojaat qabul qilinib, bayon etilgan holatlarga aniqlik kiritish maqsadida YATT Qo‘ldoshov Kamoliddin Eshpo‘latovich bilan suhbat olib borildi va muammoga yechim topish maqsadida soha mutaxassislari jalb etilishi zarurati hisobga olinib, Navoiy viloyat hududiy qurilish nazorati inspeksiyasiga murojaat qilindi. Natijada Akfa deraza romlari sifatsiz yasalganligi va o‘rnatish davomida bir qator kamchiliklari mavjudligi aniqlandi. Jamiyat tomonidan to‘plangan hujjatlar rasmiylashtirilib, iste’molchi H.Rajabovaning huquqlarini himoya qilishni so‘rab Fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudiga da’vo arizasi kiritildi. Ushbu da’vo arizasi hududiyligini hisobga olgan holda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudida ko‘rib chiqildi. Qo‘shimcha ma’lumotlar va hujjatlar to‘plangan holda javobgar YATT Qo‘ldoshov Kamoliddin Eshpo‘latovich ga nisbatan Majburiyat yuklatish, moddiy va ma’naviy zararni undirish to‘g‘risida gi da’vo arizasi qanoatlantirildi.

YATT Qo‘ldoshov Kamoliddin Eshpo‘latovich ning zimmasiga da’vogar Rajabova H. Ramazonovnaga tegishli Navoiy shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 106-uy, 109-xonadonda o‘rnatilgan Akfa deraza romlari sifatli o‘rnatish majburiyati yuklatildi, Rajabova Hurmat foydasiga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 500 ming so‘m to‘lov undirish belgilandi.

Kiritildi: 18:08 05.01.2019. O'qildi: 3390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!