Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabiga strategik bo‘lmagan yadro qurollarini qo‘llash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishni topshirdi. Manevrlar aviasiya va dengiz floti ishtirokida yaqin kelajakda bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
"Mashg‘ulotlar maqsadi — yadro qurolidan jangovar foydalanish bo‘linmalari shaxsiy tarkibi va texnikasining tayyorligini ta’minlash. Ikkinchidan, bu Rossiyaga qarshi “g‘arbning ayrim rasmiylarining provokasion bayonotlari va tahdidlariga” javobdir", deyiladi xabarda.