Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Moskva va Berlin o‘rtasidagi janjal: Germaniya elchisini chaqirib oldi

Moskva va Berlin o‘rtasidagi janjal: Germaniya elchisini chaqirib oldi

Germaniya sosial-demokratik partiyasi (GSDP) resurslariga kiberhujum uyushtirishda Moskvani ayblaganidan keyin Germaniya Rossiyadagi elchisini maslahatlashuvlar uchun chaqirib oldi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.

3 may kuni Rossiya elchixonasi vakili Germaniya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan, u yerda «2023 yilda GSDP markaziy ofisiga GRU tomonidan boshqariladigan ART28 xakerlar guruhining isbotlangan kiberhujumi munosabati bilan» norozilik bildirgan.

Rossiya Federasiyasining Germaniyadagi Muvaqqat ishlar vakili Rossiyaning kiberhujumga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni rad etdi. Elchixona, shuningdek, Germaniya Tashqi ishlar vazirligining ushbu demarshini «Germaniyada Rossiyaga qarshi kayfiyatni qo‘zg‘atishga» qaratilgan va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni «keyinchalik buzilishiga» olib keladigan «yana bir nodo‘stona qadam» deb atadi.

Kiritildi: 17:00 06.05.2024. O'qildi: 4299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!