Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQSh faol ravishda Zelenskiy o‘rniga nomzod qidirmoqda

AQSh faol ravishda Zelenskiy o‘rniga nomzod qidirmoqda

Qo‘shma Shtatlar Ukraina prezidenti lavozimidagi Vladimir Zelenskiyga muqobil nomzod topish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirgan. Bu haqda Rossiya OAVlari Rossiya Tashqi razvedka xizmati matbuot byurosiga tayanib xabar berdi.

«Amerikaliklar Ukrainaning amaldagi prezidentiga muqobil tanlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirdi», — deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu borada Yevropa birdamlik partiyasi yetakchisi Pyotr Poroshenko va Kiyev meri Vitaliy Klichko bilan aloqalar o‘rnatilgan. Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Ermak, Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy va Oliy Radaning sobiq spikeri Dmitriy Razumkov bilan ham maxfiy ishlar olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:47 06.05.2024. O'qildi: 3295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!