Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Isroilga 60 ta raketa uchirildi

Isroilga 60 ta raketa uchirildi

Livanning «Hizbulloh» guruhi Isroil shimoliga 60 dan ortiq raketa otdi, deb yozadi The Times of Israel.

Kiryat Shmona shahriga 20 ga yaqin raketa tushgan, hujum oqibatida 65 yoshli erkak yaralangan. Isroil mudofaa kuchlarining bildirishicha, raketalarning aksariyati Isroil havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan tutib olingan.

Nashrning yozishicha, zarbalar dastlab Kiryat Shmonaga berilgan. Shaharda uylar va transport vositalari, jumladan tez yordam mashinasi shikastlangan.

Hizbullohning 20 ta raketasidan 10 tasi Isroil hududiga yetib kelgan, qolganlari havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan. Hujum natijasida shaharning bir qismida elektr ta’minoti uzilib qolgan.

Keyinroq Hizbulloh 40 ta raketa bilan chegaradagi Galilei Panxandl hududiga hujum qilgan. Isroil hududiga qilingan ikkinchi hujumda qurbonlar yo‘q. Isroil harbiylari ham Livan hududiga zarbalar berib, Markaba, Tayba, Kafr Kila va Odaisa shaharlariga zarba bergan.

Livanning «Al Jadeed» telekanali Hizbullohning Isroil shimolidagi hujumlar uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan bayonotini e’lon qildi. Xabarda aytilishicha, zarba Isroil harbiy-havo kuchlarining Mays al-Jabalga uyushtirgan hujumiga javob tariqasida berilgan.

Kiritildi: 12:55 06.05.2024. O'qildi: 3050 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!