Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Islom Ismoilov: «Akademiyalarga e’tibor — yutuqlarimiz siri»

Islom Ismoilov: «Akademiyalarga e’tibor — yutuqlarimiz siri»

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov Osiyo Kubogi finalidagi g‘alabadan so‘ng, yakshanba kuni Toif shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilovning ta’kidlashicha, futbol maktablari va akademiyalariga berilgan katta e’tibor — jamoaning muvaffaqiyat kalitidir.

Finaldan so‘nggi matbuot anjumanida Ismoilov shunday dedi:

«Biz futbol maktablari va akademiyalariga jiddiy e’tibor qaratyapmiz — bugungi yutuqlarimiz siri shu».

U shogirdlarining o‘yinini «afsonaviy» deb atadi va qo‘shimcha qildi:

«Futbolchilarim bilan faxrlanaman. Hatto raqib maydonda ustun bo‘lib turgan paytda ham ular g‘alabaga erishishdi».

Ismoilov hakam qarorlaridan hayratlanganini bildirib o‘tdi:

«Qatarlik hakam Xitoyga qarshi o‘yinimizda yaxshi ishlagan edi, lekin bu finaldagi qarorlari meni hayratga soldi. Birinchi qizil kartochkadan keyin qo‘limni osmonga ko‘tarib: “Har narsa Ollohning qo‘lida”, dedim».

U qo‘shimcha qildi:

«Har qanday jamoaning bir himoyachi va bir hujumchisi maydondan chetlatilsa, albatta o‘yinga ta’sir qiladi. Ammo men jamoamga oxirigacha ishondim».

Qatarlik hakam Muhammad Ash-Shammariy finalda 42 va 45+3-daqiqalarda o‘zbek jamoasi hujumchisi Nurbek Sarsenboyev va himoyachi Miraziz Abdulkarimovni maydondan chetlatdi.

Kiritildi: 09:34 21.04.2025. O'qildi: 1260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!