Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK, Eronning elit harbiy kuchlari) Bandar Abbos va Lar ustidagi havo maydonida ikkita Amerikaning Lucas uchuvchisiz uchish apparatini (dron) urib tushirdi.
Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonot berdi.
"Bir necha daqiqa oldin Bandar Abbos va Lar ustida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining ayerokosmik kuchlarining eng so‘nggi havo mudofaa tizimlari yordamida ikkita Amerikaning Lucas uchuvchisiz uchish apparati urib tushirildi", deyiladi bayonotda.
Avvalroq Tasnim axborot agentligi Eron janubidagi Bandar Abbos, Konarak va Chabahar shaharlarida, shuningdek, Larak orolida portlashlar haqida xabar bergan edi.