Bugun ertalabdan boshlab Reykyanes yarimorolidagi Grindavik shahri yaqinida yer yorig‘idan lava otila boshladi. Islandiya meteorologiya byurosi ma’lumotiga ko‘ra, 700 metr uzunlikdagi yoriq atigi 45 daqiqa ichida hosil bo‘lgan, ko‘p o‘tmay ikkinchi yoriq ham yuzaga kelgan.
Mashhur “Moviy laguna” kurorti xavf ostida qoldi va u yerdagi joylardan odamlar shoshilinch ravishda evakuasiya qilindi.
Islandiyaning janubi-g‘arbida joylashgan Grindavik shaharchasi deyarli bo‘shab qolgan. Ammo mahalliy RUV telekanalining polisiya ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, sakkiz kishi rasmiy ogohlantirishlarga qaramay, o‘z uylarini tark etishdan bosh tortgan. Umuman olganda, taxminan 4000 nafar aholining katta qismi shaharni 2023 yil oxiridagi yu vulqon otilishi paytidayoq tark etgan edi.
Bu 2023 yil oxiridan beri Reykyanes yarimorolida sodir bo‘layotgan sakkizinchi vulqon otilishi bo‘lib, ehtimol, eng yirigi hisoblanadi. Meteorologlarning ma’lumotiga ko‘ra, yer ostida uzunligi 11 kilometrga teng magmaviy tonnel hosil bo‘lgan bu hudud uchun rekord hisoblanadi.