Islandiya Bosh vaziri Kristrun Frostadouttir hozirgi hukumat Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha yangi muzokaralarni boshlamasligini ma’lum qildi.
Frostadouttir bu bayonotni Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralarni qayta boshlash bo‘yicha referendum natijalaridan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytdi.
Referendum 29 avgust kuni bo‘lib o‘tdi. RUVning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, ishtirokchilarning 52% dan ortig‘i muzokaralarni qayta boshlashga qarshi ovoz bergan.
"Bu hukumat Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmaydi", dedi Frostadottir. Uning ta’kidlashicha, bunday referendumlar har bir yoki ikki yilda o‘tkazilmasligi kerak, chunki Yevropa Ittifoqiga a’zolik masalasi murakkab.
Bosh vazir kelajakda vaziyat o‘zgarishi mumkinligini, ammo hukumat referendum o‘tkazishga, natijaga erishishga va aholining fikrlarini hurmat qilishga sodiqligini ta’kidladi.
Islandiyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga qarshi bo‘lganlar a’zolik mamlakat suvereniteti va baliq ovlashga cheklovlar qo‘yishi mumkinligini da’vo qilishdi.
Frostadottir shuningdek, Islandiya Norvegiya va Lixtenshteyn kabi Yevropa iqtisodiy hududida ishonchli sherik bo‘lib qolishda davom etishini ta’kidladi.